Peterburg metrosidagi terakt. Yangi tafsilotlar oshkor qilindi
Rossiya Tergov qo‘mitasi 2017 yil 3 aprelda Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan terakt yuzasidan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergovni yakunladi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar tarqatdi.
«Rossiya Tergov qo‘mitasining Alohida muhim ishlarni tergov qilish bo‘yicha bosh boshqarma tomonidan 2017 yilning aprelida Sankt-Peterburg metrosida yuz bergan terakt yuzasidan jinoiy ish bo‘yicha dastlabki tergov yakunlandi», - deya ma'lum qilishgan TQdan.
Ta'kidlanishicha, bu ish bo‘yicha ayblanuvchilar orasida terrorchilik guruhining 11 nafar ishtirokchisi bor.
«Terrorchi-xudkush Akbarjon Jalilov umumiy reja va o‘ziga berilgan rolga ko‘ra ikki portlovchi qurilmani tayyorlab, so‘ng ularni noqonuniy ravishda Sankt-Peterburg metrosiga olib kirgan. Ulardan biri 2017 yil 3 aprelda «Ploshchad Vosstaniya» bekatining platformasida joylashtirilgan», - deyiladi xabarda.
TQ ma'lumotlariga ko‘ra, u mexanizmni masofadan turib harakatga keltirmoqchi bo‘lgan, ammo qurilma ishga tushmagan. Keyinchalik u huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan zararsizlantirildi.
«Jalilov o‘zining yonida qoldirgan ikkinchi qurilmani o‘sha kuni «Sennaya ploshchad» va «Texnologicheskiy Institut-1» bekatlari o‘rtasida harakatlangan poyezd vagonida ishga tushirgan. Portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 67 kishi turli darajada jarohatlandi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan TQdan.
3 aprelda Sankt-Peterburg metrosi poyezdida portlash sodir etilgan. Terakt oqibatida 16 kishi, jumladan teraktni ijro etgan terrorchi-xudkush Akbarjon Jalilov halok bo‘lgan. Ushbu hujumni sodir etishda gumon qilinib bir necha kishi, jumladan uning tashkilotchisi, qirg‘izistonlik Abror Azimov va uning ukasi Akrom Azimov hibsga olingan.
Mavzuga oid
13:30 / 21.10.2024
Sankt-Peterburgda UUA urib tushirilganidan keyin yuzlab uylar «svet»siz qoldi
10:15 / 24.06.2024
Peterburgda Prigojinning «trollar fabrikasi» sobiq rahbari ushlandi
13:13 / 28.05.2024
Yangi Toshkentdagi ko‘chalardan biriga Sankt-Peterburg nomi beriladi
07:52 / 18.05.2024