Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yana jurnalistlarni tanqid qildi
Foto: AP/ Chris O'Meara
AQSh prezidenti Donald Tramp Pensilvaniyada o‘z tarafdorlari oldida chiqish qilar ekan, yana bir bor OAVni tanqid qildi.
"Erkin matbuotga nima bo‘ldi? Vijdonli reportajlarga nima bo‘ldi? Ular yoritishmayapti. Ular voqealarni o‘ylab topishyapti", — dedi u.
AQSh prezidenti OAVning u haqida yozayotgan xabarlarini "yolg‘on" va "ko‘ngilni ozdiruvchi" deb atadi.
Tramp shuningdek, uning KXDR, Rossiya prezidentlari va Buyuk Britaniya qirolichasi bilan uchrashuvlarini "noto‘g‘ri" yoritgan jurnalistlarni tanqid qildi. U Kim Chen In va Vladimir Putin bilan uchrashuvlardagi yondashuvini himoya qildi va bu mamlakatlar bilan iliq munosabatlar "yomon emas, yaxshi narsa" ekanligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
15:01 / 12.09.2025
Jahon OAV AQShdan jurnalistlarga viza berishni kuchaytirmaslikni so‘rayapti
15:56 / 26.08.2025