Jahon | 21:15 / 03.08.2018
12549
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada to‘qqiz kishi 101 martaga bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi

Foto: AP Photo/Burhan Ozbilici

Juma kuni Turkiya sudi 2015 yil oktabrda Anqarada sodir etilgan terrorchilik harakatlariga aloqadorlikda ayblangan to‘qqiz kishini 101 martaga bir umrlik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Anadolu xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, ular shuningdek, “inson hayotiga suiqasd” moddasi bo‘yicha qo‘shimcha 10,5 ming yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

2015 yil 10 oktabrda Anqarada markaziy temiryo‘l vokzaliga olib chiqadigan estakada hududida ikkita portlash sodir bo‘lgan. U yerda kasaba uyushmalari va jamoat tashkilotlari faollari kurd terrorchilarining harakatlariga qarshi mitingda qatnashish uchun yig‘ilishgandi. 

Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, portlashlarni besh kilogrammdan trotilni o‘zlari bilan portlatgan hudkushlar amalga oshirgan. Terakt oqibatida 102 kishi halok bo‘lgan, 300dan ortiq kishi kasalxonaga murojaat qilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid