Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda xorijiy jismoniy shaxslarga chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona ta'sischisi bo‘lish huquqi beriladi
O‘zbekistonda xorijiy jismoniy shaxslarga chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona ta'sischisi (ishtirokchisi) bo‘lish huquqi beriladi. Bu haqdagi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni loyihasi 2018 yil 30 sentabrga qadar tayyorlanadi.
Bu prezident tomonidan tasdiqlangan mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilab qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bu borada mas'ul etib belgilandi.
Ma'lumot uchun: bundan avval chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona ishtirokchilaridan biri albatta xorijiy yuridik shaxs bo‘lishi shartligi haqida talab bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 1 oktabrdan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga ijaraga olish mumkin bo‘lishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:45 / 07.04.2026
O‘zbekistonda “spin-off” korxonalari tashkil etiladi
08:54 / 14.03.2026
Hududlar kesimida korxona va tashkilotlar soni ochiqlandi
14:43 / 09.03.2026
O‘zbekiston sanoati: qaysi yo‘nalishlarda korxonalar ko‘proq?
12:36 / 19.02.2026