Özbekistonda 1 oktabrdan boşlab qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkasini 50 yilgaça muddatga ijaraga olişga ruxsat beriladi. Bu haqda prezidentning “Özbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida” farmonida aytiladi.

Qayd etilişiça, 2018 yil 1 oktabrdan investitsiya faoliyatini amalga oşiriş uçun yer uçastkalarini berişning quyidagi yangi mexanizmlari joriy etiladi:

qişloq xöjaligiga möljallanmagan yer uçastkasini 50 yilgaça muddatga, lekin arizada körsatilganidan kam bölmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun uzoq muddatli ijaraga beriş;

köçmas mulk obektlarini (mehmonxonalar, savdo obektlari, madaniy-köngiloçar majmualar, maişiy xizmat körsatiş obektlari, ta'lim va tibbiyot taşkilotlari, yöl infratuzilmasi va boşqalar) quriş uçun yer uçastkalariga doimiy egalik qiliş huquqini auksion orqali sotiş.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toşkent şahar Kengaşlariga umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, lekin 5000 kvadrat metrdan köp bölmagan, foydalanilmayotgan davlat mulki obektlarini sotiş töğrisida qaror qabul qiliş huquqi berildi.