Afg‘onistondagi masjidda yuz bergan portlash oqibatida qurbon bo‘lganlar soni qariyb 40 kishiga yetdi
Afg‘oniston sharqidagi masjidda portlash sodir bo‘lgani xabar berilgandi. Unda 39 nafar kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin, deya xabar berishgan huquq tartibot organlari va hukumat xodimlari.
Politsiya boshlig‘i Roz Muhammad Mandozayning bildirishicha, ikki jangari Pakiya viloyati Gardez shahridagi yuzlab odamlar tashrif buyuradigan shialar masjidiga hujum uyushtirishdi.
Havaja Hasan masjidiga qilingan qo‘poruvchilik natijasida 80 nafarga yaqin inson turli darajadagi tan jarohati oldi. Ularning 50 nafarga yaqini o‘rta yoshlilar va 20 nafari bolalarni tashkil etadi.
Terakt uchun mas'uliyatni hech kim o‘z zimmasiga olmagan.
Sodir bo‘lgan terakt mamlakat xavfsizlik tizimi ayanchli ahvolda ekanini anglatadi. IShID tolibonlar va G‘arbni qo‘llab-quvvatlovchi hukumat bosimi ostida bo‘lsa ham, terakt bo‘yicha barcha mas'uliyatni o‘z zimmasiga olishga harakat qiladi.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024