Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
4 avgust kuni qancha abituriyent test jarayoniga kelmadi?
Respublika oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarining to‘rtinchi kuni 1-smenasi 15ta oliy ta'lim muassasalarining 28ta ta'lim yo‘nalishida test sinovlari bir vaqtda 8:00dan boshlanib, 11:30ga qadar to‘liq yakunlandi, deb xabar bermoqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.
Nazorat postlarida abituriyentlar barmoq izlari tekshiruvidan o‘tkazilganligi sababli Qarshi olimpiya kollejining 1,2-binosida test sinovlari 8.20da boshlangan, 11.50da yakunlangan.
Test sinovlarida 29 ming 431 nafar abituriyent ishtirok etdi. Tezkor ma'lumotlarga ko‘ra 623 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 96 nafar abituriyent, shundan 52 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgalar o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 44 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga, boshqa abituriyentga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.
Test sinovlarini o‘tkazishga ta'lim muassasalaridan test sinovlari o‘tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan 2 ming 396 nafar guruh nazoratchilari jalb etildi.
Test natijalari Feld'yegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta'minlagan holda Davlat test markaziga 2-cmena yakunlangandan so‘ng 18.30dan qaytarish boshlanadi.
Mavzuga oid
13:52 / 23.04.2026
Oxirgi o‘n yilliklarda Markaziy Osiyo muzliklar hajmining 30 foizigacha qismini yo‘qotdi va bu jarayon tezlashyapti – Aziz Abduhakimov
17:41 / 11.02.2026
2026 yilgi test imtihonlarida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
17:39 / 27.11.2025
Toshkentda changga qarshi kurash doirasida o‘nlab favvora va sug‘orish tarmog‘i ishga tushirildi
09:56 / 27.11.2025