Jahon | 13:19 / 04.08.2018
5234
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoy AQShni vaziyatni keskinlashtirish va yolg‘on bayonotlar berishda aybladi

Foto: REUTERS/Feline Lim

AQSh Xitoy va mintaqadagi boshqa mamlakatlarga tahdid qilib hamda harbiy bosim o‘tkazib, Janubiy-Xitoy dengizi hududida ko‘plab strategik qurollarni joylashtirdi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang I ma'lum qildi.

«Ayrim mintaqaviy bo‘lmagan davlatlar, asosan AQSh, mintaqada, xususan, Janubiy-Xitoy dengizida katta miqdorda strategik qurollarni joylashtirdi. Ular o‘z harbiy kuchlarini ko‘rsatib, mintaqa mamlakatlari, jumladan, Xitoyga bosib o‘tkazib, xavfsizlikka tahdidlar uyg‘otmoqda», - deya ma'lum qildi Van I Singapurda bo‘lib o‘tayotgan ASEAN tadbirlari doirasidagi matbuot anjumanida.

Xitoylik vazirning ta'kidlashicha, bunday doimiy harbiy bosim mintaqadagi davlatlardan, shu jumladan, Xitoydan o‘zini-o‘zi himoya qilish va mudofaa xarakteridagi infratuzilmani yaratish uchun choralar ko‘rishni talab qiladi.

Shuningdek, Van Ining ma'lum qilishicha, AQShning Xitoy iqtisodiyoti zaifligi haqidagi bayonotlari haqiqatga mos kelmaydi.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Trampning iqtisodiyot bo‘yicha maslahatchisi Larri Kudlou Vashington savdo sohasida yon bosishga erishish uchun Pekinga bosim o‘tkazishni davom ettirishini aytgandi. Bundan tashqari, Kudlouning ma'lum qilishicha, «Xitoyning iqtisodiyoti va valyutasi zaif, odamlar mamlakatni tark etmoqda». U Trampning «ishni oxirigacha olib borish» borasidagi qat'iyligini to‘g‘ri baholashga chaqirdi.

«Xitoy iqtisodiyoti butun xalqaro hamjamiyat uchun ravshan. Har yili bizning jahon iqtisodiyoti rivojiga qo‘shadigan hissamiz taxminan 30 foizni tashkil etadi, bu AQSh, Yaponiya va Yevropaning birgalikdagi hissasi demakdir. Men nima uchun u Xitoy iqtisodiyoti yomon ahvolda ekanini aytganini bilmayman. Bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», - deya ma'lum qildi Van I Singapurda bo‘lib o‘tayotgan ASEAN tadbirlari doirasidagi matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh tahdidlariga javob qaytarish bo‘yicha hammasi tayyor ekani haqida bayonot bergandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid