Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda terrorchilik va poraxo‘rlik uchun jazo kuchaytiriladi
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bir qator qonunlarni imzoladi, deb xabar berdi mamlakat prezidentining matbuot xizmati.
U xususan, internet orqali terrorchilik tusidagi jinoyatlarni sodir etishga ommaviy ravishda da'vat qilganlik yoki terrorchilik harakatini oqlaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarni ma'qulladi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish va respublika qonunchiligini xalqaro hujjatlarga muvofiqlashtirish maqsadida Jinoyat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, endilikda og‘irlashtiruvchi holatlarda pora olganlik uchun jarima emas, ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
20:08 / 08.10.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Tojikistonga boradi
21:26 / 25.08.2025
Tojikistonda folbin va sehrgarlar xizmatidan foydalanganlik uchun jazo joriy etildi
07:46 / 23.08.2025
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
17:52 / 04.12.2024