Özbekiston professional futbol ligasi Pro-liga klublari rahbar va boş murabbiylari iştirokida videokonferensiya ötkazib, çempionat bahslarini qaysi format va qaçondan boşlaşni aniqlab oldi.
Tribuna.uz manbasining xabar berişiça, nufuzi böyiça Superligadan keyingi örinda turuvçi Pro-liga bahslari iyul oyidan start olişi kutilmoqda. Özbekiston kubogi bahslari esa Pro-liga klublari uçun 23 va 28 iyun kuni ötkazilişi rejalaştirilmoqda. PFL tez orada çempionat öyinlarining yangi taqvimini e'lon qiladi.
Videokonferensiyada 8 jamoadan iborat turnir dastlab 2 davrada ötkazilib, 14 öyindan keyin turnir jadvalidagi örinlarga qarab ikki guruhga – Superligaga çiqiş uçun kuraşadigan 1-4-örinlar va ligada qoliş uçun kuraşadigan 5-8-örinlar örtasida bölinişi haqida kelişildi. Uşbu ikki guruhda ham öyinlar 2 davrali tizimida ötadi. Pro-ligada 1-örinni olgan jamoa töğridan-töğri Superligaga çiqsa, 2-örindagi klub Superligada 13-örinni egallagan jamoa bilan pley-off bahsini öz maydonida ötkazadi.
Ma'lumot uçun, Pro-liga-2020 turnirida «Dinamo» (Samarqand), «Neftçi» (Farğona), «Istiqlol» (Farğona), «Turon» (Yaypan), «Xorazm» (Urganç), «Şörtan» (Ğuzor), «Zomin» (Zomin), «Oqtepa» (Toşkent) klublari iştirok etişadi.
Eslatib ötamiz, Pro-liga 1-tur uçraşuvlari 17 mart kuni start olişi lozim edi. Unga köra, dastlabki tur bahslari quyidagiça köriniş olgandi:
Pro-liga-2020. 1-tur.
«Neftçi» - «Dinamo»
«Xorazm» - «Turon»
«Oqtepa» - «Zomin»
«Şörtan» - «Istiqlol».
















