Davlat ekologiya qömitasi raisi Şavkat Abdurazzoqov joriy yil 25 may kuni “Yozyovon çöllari” tabiat yodgorligida bölib, örganiş işlarini olib bordi.
Davlat ekologiya qömitasining “Yozyovon çöllari” tabiat yodgorligi hududidan sanoat usulida qum qazib oliş böyiça Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan köplab hayvonot va ösimlik dunyosining kamayib ketişiga hamda mazkur hududda yer osti sizot suvlari kötarilişiga sabab bölişi mumkinligini inobatga olgan holda uşbu hududda qaziş işlarini olib bormaslik yuzasidan xulosa berilib, hudud qat'iy nazoratga olingandi.

Örganiş davomida “Yozyovon çöllari” tabiat yodgorligi hududida ösimlik va hayvonot dunyosi turlarining saqlanişi, köpaytirilişi va tiklanişiga tahdid soladigan faoliyatga yöl qöymaslik yuzasidan nazorat işlarini kuçaytiriş çora-tadbirlari belgilandi.
Şuningdek, qömita Farğona viloyati boşqarmasiga mazkur masala yuzasidan tegişli vazifalar berildi.

















