Özbekiston Professional futbol ligasi hamda «UzReportTV» örtasida Pro-liga musobaqasining media va tijorat huquqlari böyiça şartnoma imzolandi. Mazkur şartnoma 2024 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi. 4 yil davomida «UzReportTV» Pro-liga öyinlari translatsiyasi huquqiga egalik qiladi. Bu haqda PFL rasmiy saytida e'lon qilindi.

«UzReportTV» futbol işqibozlarining milliy futbolimizga bölgan qiziqişlaridan kelib çiqib ÖzPFLga taklif bilan çiqdi. Bir oyga yaqin davom etgan muzokaralar yakunida ikki tomon özaro manfaatli kelişuvga erişa oldi. 

Endilikda, joriy yilning 1 avgustidan boşlab «UzReportTV» Pro-liganing har bir turidan eng qiziqarli va markaziy uçraşuvlarni «UzReportTV» va «FUTBOL TV» telekanallari orqali jonli efirda namoyiş etadi. Kelişuvga köra, uçraşuvlarni jonli translatsiya qiliş hajmi yildan yilga ortib boradi. 
 
Pandemiya davrida jismoniy faollik va soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş yuzasidan harakatlar davom etmoqda. Ammo futbol muxlislarining stadionlarga taşrifi masalasi hozirça kun tartibida emas. Mana şunday şaroitda Pro-liga uçraşuvlarining namoyiş etilişi liga manfaatlari uçun xizmat qiladi. Qolaversa, endilikda tomonlar Pro-liga musobaqasi uçun titul va rasmiy homiylar masalasida ham özaro hamkorlik qiladi.

Hamkorlikdagi asosiy masalalardan biri Pro-liga saviyasini kötariş va uni maksimal darajada Superligaga yaqinlaştirişdan iborat. Endilikda Pro-liga klublarida ham özini namoyon etiş, mazkur liga futbolçilarida esa terma jamoa murabbiylari nazariga tuşiş imkoniyati paydo böladi.

Endilikda «UzReportTV» va «FUTBOL TV» telekanallarida Pro-liga bellaşuvlarini jonli efirda, siz sevgan şarhlovçilar bilan birgalikda kuzatib boriş imkoni mavjud. Umid qilamiz, bu hamkorlik mamlakat futboli rivoji yölidagi dadil qadamlardan biri böla oladi. «UzReportTV» bilan yangi davr, yangi imkoniyatlar sari birgalikda harakat qilamiz», deyiladi xabarda.

Ma'lumot uçun, özbek futbolidagi rasman ikkinçi divizion hisoblanuvçi Pro-ligada (muqaddam Birinçi Liga deb yuritilgan) 8ta jamoa («Istiqlol», «Zomin», «Xorazm», «Neftçi», «Dinamo», «Oqtepa», «Turon» va «Şörtan») iştirok etmoqda. Bugun musobaqada 3-tur uçraşuvlari ötkaziladi.

Pro-liga bahslari translatsiyasi ötgan yil «Sport» telekanalida boşlangan va davom etmay qolgandi. Hozirgaça özbek futbolidagi ikkinçi divizion öyinlari translatsiyasi borasida biror kelişuv imzolanmagan va heç bir kanalda bu liga öyinlarining doimiy translatsiyasi yölga qöyilmagandi.