Jahon | 19:55 / 05.08.2018
4014
2 daqiqa o‘qiladi

Portugaliyada jazirama oqibatida 20dan ortiq yong‘in yuzaga keldi

Foto: AP

Ayni damlarda Portugaliyada 20dan ortiq yong‘in sodir bo‘lmoqda, ulardan bor-yo‘g‘i beshtasi o‘chirilish bosqichida, deb xabar berdi mamlakat fuqarolik himoyasi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘inni o‘chirishda 1300dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar, 14 vertolyot va samolyot, yerusti texnikasi ishtirok etmoqda. Monshiki munitsipalitetidagi yong‘inni o‘chirishga 800ga yaqin o‘t o‘chiruvchi, o‘nga yaqin samolyot va vertolyotlar jalb etilgan.

Yong‘inlar oqibatida olti kishi jabrlangan bo‘lib, ulardan ikkitasining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Yakshanba kuni Portugaliyaning bir nechta hududida harorat 45 darajaga yetadi, Alvege shahrida esa 46,8 daraja issiq qayd etilgan. Mutlaq rekord esa 2003 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda Amareleja qishlog‘ida harorat 47,3 darajani tashkil etgan.

Shanba kuni Lissabonda 44 daraja issiq qayd etildi, bu 1981 yilgi rekord haroratdan bir darajaga yuqori.

Iberiya yarimoroliga "jazirama to‘lqini" Afrikadan kelgan bo‘lib, meteorologlarning aytishlaricha, dushanbadan harorat pasaya boshlaydi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid