Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda samolyot qulashi natijasida 5 kishi halok bo‘ldi
Amerikaning Santa-Ana shahrida (Kaliforniya janubida) yengil motorli samolyot avtomobillar turargohiga quladi. Buning natijasida besh kishi halok bo‘ldi. Associated Press shu haqida xabar berdi.
Manbada qayd etilishicha, halokat ro‘y bergan vaqtda samolyot mahalliy aeroport tomon yo‘nalayotgan bo‘lgan. Samolyot qulashi natijasida avtoturargohda hech kim jabrlanmagan.
Samolyot Janubiy Kaliforniyaning Jon Ueyn aeroportidan 1,6 kilometr masofada qulagan. Voqea sodir bo‘lgan joyga yaqin ko‘chalarda avtomobillar harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Federal Aviatsiya ma'muriyati matbuot kotibi Arlin Salakning so‘zlariga ko‘ra, yengil motorli Cessna 414 qulashidan avval favqulodda holat haqida e'lon qilgan.
Halokat sabablari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026