Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa qo‘shinlarida “psixolog”, “yetakchi sotsiolog” lavozimlari joriy etiladi, vazirlik teatr-studiyasi ochiladi
Bugun, 6 avgust kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida shu yilning 4 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. KUN.UZ muxbiri shu haqida xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov raisligida o‘tgan ushbu yig‘ilishda vazirlikning mutasaddi xodimlari, qaror bilan qabul qilingan Kontseptsiyani amalga oshirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiya a'zolari, hokimliklar va OAV vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Mudofaa vaziri qarordan kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan islohotlar haqida gapirdi.

«Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “psixolog”, “yetakchi sotsiolog” va “harbiy qism komandirining ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha maslahatchisi” lavozimlari joriy etiladi.
Shu paytga qadar Gornizonlardagi “Ofitserlar uyi”, harbiy qism va muassasalardagi “Klublar” – “Ma'naviyat va ma'rifat markazlari” hamda “Madaniyat markazlari”ga aylantiriladi. Shuningdek, vazirlikning “Turon” teatr-studiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Qurolli kuchlar tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishda munosib hissa qo‘shgan harbiy xizmatchilarga hamda fuqarolarga harbiy xizmatchilar va yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirishga katta ta'sir ko‘rsatgan ishlari va yutuqlari uchun topshiriladigan “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar a'lochisi” ko‘krak nishoni ta'sis etiladi.
Qurolli Kuchlar tizimida haftaning har juma kuni “Ma'naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” etib belgilandi va shu kunlarda o‘tkaziladigan ma'naviy ma'rifiy tadbirlarga katta e'tibor qaratiladi.
“O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror va undan kelib chiqib boshlangan islohotlardan ko‘zlangan maqsad: qo‘shinlarda sog‘lom ma'naviy-ahloqiy muhitni mustahkamlash, harbiy xizmatchilarning bilimi, ma'naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda Vatan taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik, mas'uliyat, sadoqat va vatanparvarlik hissini oshirishdir», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 28 avgust kuni Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sayyor videoselektor o‘tkazilgan edi. Unda g‘oyaviy-badiiy saviyasi yetuk, zamonaviy talablarga javob beradigan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi badiiy va musiqiy asarlar, harbiy, tarixiy mavzudagi kinofilmlar yaratishda faollik yetishmasligi tanqid qilingan, bu yo‘nalishda nafaqat Jamoatchilik kengashi, balki mamlakatimiz ijodkor ziyolilari, yetakchi adabiyot va san'at arboblari, yangidan tuzilgan Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi birgalikda samarali faoliyat olib borishi kerakligi ta'kidlangan edi.
Mavzuga oid
15:35 / 09.06.2026
Mudofaa bo‘limlarida tibbiy komissiyalar tugatilib, maoshlar oshiriladi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
12:18 / 23.05.2026
O‘zbekiston va Qatar harbiy hamkorlik bo‘yicha memorandum imzoladi
20:16 / 12.05.2026