Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OKMK futzal klubi Osiyo chempionatida barcha o‘yinlarni yutqazdi
Indoneziyaning Jogyakarta shahrida futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.
D guruhida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Olmaliqning OKMK klubi turnirni o‘ta muvaffaqiyatsiz yakunladi.
Dastlabki turda Livanning «Bank of Bayrut» klubiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan olmaliqliklar 2-turda Eronning «Mis Sungun» klubiga 1:9 hisobida yutqazib, guruhdan chiqish imkoniyatidan mahrum bo‘lishgan edi. So‘nggi turda OKMK Tojikistonning «Sipor» klubiga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi.
Futzal klublari o‘rtasidagi Osiyo chempionati
Indoneziya, Jogyakarta
D guruhi
2 avgust
Mis Sungun (Eron) - Sipor (Tojikiston) - 9:2
Bank of Bayrut (Livan) - OKMK (O‘zbekiston) - 4:1
4 avgust
OKMK (O‘zbekiston) - Mis Sungun (Eron) - 1:9
Sipor (Tojikiston) - Bank of Bayrut (Livan) - 2:11
6 avgust
Mis Sungun (Eron) - Bank of Bayrut (Livan) - 3:1
OKMK (O‘zbekiston) - Sipor (Tojikiston) - 1:2

Mavzuga oid
17:00 / 30.03.2026
OKMKning Angrenliklarga ajoyib tuhfasi
17:00 / 26.03.2026
OKMK: sun’iy intellekt - yuqori sifat, aniq nazorat va tejamkorlik kaliti
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
17:30 / 18.02.2026