Mazkur yangi avlod intellektual tizimi transport texnika vositalariga xizmat körsatişda an’anaviy yondaşuvdan başoratli boşqaruv modeliga ötişni ta’minlaydi. Bugungi kunda bu dasturlar, texnikaning intellektual diagnostikasi, buzilişlarni başoratli tahlil qiliş va prognozlaş, laboratoriya jarayonlarini raqamlaştiriş, texnika va agregatlarning yagona ma’lumotlar bazasini yaratiş, ma’lumotlar asosida resurslarni boşqariş (moylar, şinalar, uzellar) imkonini beradi.
Şuningdek, real vaqt rejimida onlayn monitoring, uskunalarning raqamli egizaklarini şakllantiriş, texnikaning hayotiy siklini boşqariş, ehtiyot qismlar, uzellar va agregatlarni boşqariş imkoniyatlarini taqdim etadi.

Natijada şunday tizim şakllanmoqdaki, unda texnika töliq şaffof, boşqariladigan va başorat qilinadigan böladi.
EM AI (Lab) tizimi – laboratoriya va operatsion ma’lumotlarni yagona raqamli muhitga birlaştiruvçi aqlli platforma hisoblanadi. Hozirgi vaqtda EM AI (Lab) tizimini faol joriy etiş işlari olib borilmoqda, u yakuniy bosqiçda.
Tizim töliq foydalaniş tarixiga ega bölgan texnikaning raqamli pasportlarini şakllantiriş, laboratoriya jarayonlarini töliq raqamlaştiriş, qoğoz hujjat aylanişidan voz keçiş, QR-kodlardan foydalangan holda namunalarni oliş va hisobga olişni avtomatlaştiriş, laboratoriya va foydalaniş ma’lumotlarini integratsiyalaşni ta’minlaydi.

Bundan taşqari, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda tizim, texnikalar eskirişining dastlabki belgilarini aniqlaydi. Ya’ni SI yordamida transport vositasi iş rejimi qayd etib boriladi. Texnikaning ehtiyot qismlari nosoz holatga kelişdan oldin xabar bera oladi. Bu muhandislik xizmatlari uçun tahliliy xulosalar va tavsiyalarni şakllantiradi. Natijada transport buzilişining oldi olinadi. Mazkur tizim yordamida 1 oy içida 3 ta avtosamosvalning dvigatellari işdan çiqişi oldi olindi. SI bergan tavsiyalardan kelib çiqib avtosamosvallar töxtatilib tekşirilganda haqiqatan ham buzilişlar aniqlandi. Natijada ma’lum bir ehtiyot qismlar almaştirildi va dvigatellar saqlab qolindi. Buning natijasida 12,6 mlrd sömlik iqtisodiy samaradorlikka erişildi.
E’tiborli jihati şundaki, kombinat mutaxassislari işlab çiqqan texnologiyalar turli sanoat korxonalarida ham joriy etilişi mumkin. Bu esa sezilarli iqtisodiy samarani ta’minlaydi va işlab çiqariş jarayonlarini boşqarişning yangi standartini şakllantiradi.









