Tadbirda boş vazir örinbosari, Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Zulayho Mahkamova, Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi boşqaruvi raisi örinbosari Şarof Ubaydullayev, Özbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport vazirliklari mas’ullari, Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, OKMK boşqaruv raisi, senator Abdulla Xursanov, mahalla aholisi, nuroniylar, turli millat vakillari, milliy-madaniy markazlar faollari hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.

Tadbirda mas’ullar tomonidan ramziy lenta qirqilib, “Yangi Angren” madaniyat va sport majmuasi rasman öz faoliyatini boşladi.
Mazkur majmua OKMK homiyligida kombinat bunyodkorlari tomonidan töliq ta’mirlanib, foydalanişga topşirildi.
2025–2026 yillarda majmuada loyiha qiymati 31 milliard sömlik ta’mirlaş işlari amalga oşirilib, zamonaviy qiyofaga keltirildi.

Majmua tarkibida 32x20 ölçamli sport zali, fitnes xonasi, şeyping zali kabi zamonaviy sport inşootlari joylaşgan.
Binoning ikkinçi qavatida esa, tasviriy san’at, amaliy san’at, raqs, vokal, teatr, folklor va musiqa yönalişlaridagi tögaraklar faoliyati uçun barça şaroitlar yaratilgan. E’tiborlisi, endilikda angrenlik yoşlar bu yerda sportning badiiy gimnastika, kuraş, yengil atletika, voleybol, basketbol, fitnes, şeyping, mini futbol turlari bilan ham şuğullanişadi.

Binoning xonalari va yölaklari öziga xos milliylik ruhida bezatilgan bölib, har bir xonaga alohida e’tibor qaratilgan. Badiiy akademiya ijodkorlari tomonidan taniqli aktyorlar, yozuvçilarning portretlari tayyorlab berildi.

Kombinat quruvçilari tomonidan binoning tomi, kommunikatsiya tizimlari töliq yangilandi. Barça zarur mebel jihozlari bilan ta’minlandi. Hududda obodonlaştiriş va köklamzorlaştiriş işlari amalga oşirilib, 2 dona şiyponça örnatilib, yölaklarga dekorativ beton qoplamasi yotqizildi.

“Yangi Angren“ madaniyat va sport saroyining foydalanişga topşirilişi aholi, ayniqsa yoşlarning madaniyat va sport bilan muntazam şuğullanişi, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etişi, milliy qadriyatlar va san’atni yanada rivojlantirişga xizmat qiladi.














