Jahon | 18:31 / 06.08.2018
6605
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaotada yuk mashinasi yettita mashinani pachoqladi

Foto: Kazinform

Olmaotadagi chorrahalardan birida yuk mashinasi yo‘l chetida turgan avtomobillarga borib urildi, deb xabar berdi «Kazinform».

Xabarda aytilishicha, fura haydovchisi rulda uxlab qolgan bo‘lishi mumkin va borib yengil avtomobilga urilgan.

Natijada yuk mashinasi domino prinsipi bo‘yicha yettita avtomobilni «yig‘ishtirib» qo‘ygan. Ushbu hodisada hech kim jabrlanmagani aytilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid