Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampga rus hakerlariga qarshi choralarni kuchaytirish taklif etildi
Foto: Depositphotos
AQShda prezident Donald Tramp ma'muriyati Rossiya, Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya hukumati tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan hakerlik hujumlari bilan yanada samarali kurashish uchun bir qator qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqdi. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.
Nashr manbalari ma'lumotiga ko‘ra, qo‘shimcha choralar qo‘poruvchilik harakatlariga qarshi yo‘naltiriladi va «tinch aholi emas, balki raqiblarga» zarar yetkazishga qaratilgan bo‘ladi. Shu tariqa, boshqa davlatlar bilan gumon qilinuvchilarni qidirish va ushlashda faolroq hamkorlik qilish, shuningdek, Interpol orqali hibsga olish uchun orderlardan ko‘proq foydalanishga, aktivni xatlovga olish va shaxsiy sanksiyalarni qo‘llash tez-tez amalga oshiriladi. Ushbu chora-tadbirlar hakerlar harakati erkinligini cheklashi va ularni vatanida yashirinishga majbur qilishi kerak.
Xususan, ta'kidlanishicha, AQSh Davlat departamenti, Moliya va Mudofaa vazirliklari rus hakerlari Qo‘shma Shtatlar energetika infratuzilmasi tarmog‘iga kirishga muvaffaq bo‘lgani bilan bog‘liq holatdan tashvishda. Nashrga ko‘ra, Tramp ushbu masalada qat'iy pozitsiyada va federal hukumatning dalillarini jiddiy qabul qilmoqda.
Mavzuga oid
23:10 / 25.05.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 12 barobar oshirilishi kutilmoqda
21:06 / 25.05.2026
Putin rossiyaliklar himoyasi uchun xorijda armiyadan foydalanishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi
20:32 / 25.05.2026
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
09:07 / 25.05.2026