UFC chempioni o‘zini tarixdagi eng yaxshi jangchi deb e'lon qildi
Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) eng yengil vazn toifasidagi amaldagi chempioni Ti Jyey Dillashou UFC 227 so‘nggi turnirida chempionlik kamarini himoya qildi, deb xabar beradi tofight.ru.
Jangda u raundda Kodi Garbrandtni nokautga uchratdi. Jangdan so‘ng amerikalik o‘zini tarixdagi eng yaxshi jangchi, deb hisoblashini ma'lum qildi.
«Bu ajoyib tuyg‘u. Kodi meni kuchli zarba bilan tutib olishga muvaffaq bo‘ldi, biroq menda hammasi yaxshi edi, hech qanday tashvish yuzaga kelmadi. U mening oyoqlarim bilan bergan zarbalarimga javoban qarshi hujum qilishi haqida o‘yladim, shuning uchun kutishga qaror qildim. Men zarba uchun kerakli paytni izladim va hammasi yaxshi chiqdi.
Men tarixdagi eng yengil diviziondagi eng yaxshi jangchiman, butun tarixdagi eng zo‘ri, hozir va shu yerda eng kuchlisiman!» - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli Dillashou 19ta jang o‘tkazib, ularning 16tasida g‘alaba qozongan.
Avvalroq, UFC rahbari kutilayotgan dahshatli jang haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
02:47 / 22.10.2023
UFC 294. Xamzat Chimayev Kamaru Usmanni mag‘lubiyatga uchratdi, Islam Maxachev 1-raunddayoq Volkanovskini nokautga uchratdi
21:45 / 08.04.2023