Mutlaq jangçilar çempionati (UFC) rahbari Dana Uayt rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor örtasida bölib ötadigan bahs haqida öz fikrlarini bildirib ötdi, deya xabar beradi TASS.
«Bu jangni tasdiqlaş qiyin iş bölmadi. Bu Makgregorni superyulduz, Nurmagomedovni esa - haqiqiy qotilga aylantiruvçi narsa. Ularning har ikkisi ham oktagonda qotildir, jang boşlanişi bilan raqibiga töğridan-töğri taşlanadi. Ikkalasi ham eng kuçli paytida bölib turibdi, bizni öta dahşatli jang kutib turibdi.
Öylaşimça, bu jang Makgregor va boksçi Meyuezer örtasidagi jangdan söng kompaniya tarixidagi eng muvaffaqiyatli böladi», - deya Uaytning sözlarini keltiradi mmamania.com.
Eslatib ötamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor örtasidagi jang sanasi ma'lum bölgandi.












