Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda jahon futbolining bo‘lg‘usi yulduzlarini tayyorlashga kirishildi
2 iyul kuni Toshkent shahrida "My Soccer Academy" Amerika-Ispaniya Futbol akademiyasi (AIFA)ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida Kun.uz'da xabar berilgan edi. Respublika miqyosidagi ushbu loyihaga O‘zbekistonda tug‘ilib, AQShda faoliyat yuritayotgan Shuhrat Qosimov tomonidan asos solingan bo‘lib, u O‘zbekistonda yuqori darajali futbol hamda sport turizmi rivojiga muhim hissa qo‘shishga kirishdi.
Amerika-Ispaniya Futbol akademiyasi 4 yoshdan 17 yoshgacha futbol bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan bolalarni o‘z safiga qabul qilishni boshlagani haqida ma'lum qildi.
Mashg‘ulotlar 13 avgust kuni soat 18:00 da "To‘qimachilik" stadionida boshlanadi va haftasiga uch marta tabiiy gazonda o‘tkaziladi.
Amerika-Ispaniya futbol akademiyasida yunior-futbolchilar loyihaning hamkor mamlakatlari - AQSh, Ispaniya, Braziliya, Venesuela, Kolumbiya va Argentinadagi professional futbol klublari uslubi bo‘yicha tayyorlanadi va qo‘llab-quvvatlanadi.
Akademiya futbolga qiziquvchi barcha bolalarga jahon miqyosida professional futbol bilan shug‘ullanish, yuniorlar o‘rtasidagi xalqaro turnirlarda ishtirok etish, jahon futboli yulduzlarining mahorat darslarida qatnashish va hamkor mamlakatlarning diqqatga sazovor maskanlarida bo‘lish imkonini berishni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Farzandi futbolchi bo‘lishni orzu qiluvchi ota-onalar hozirning o‘zidayoq Amerika-Ispaniya futbol akademiyasiga murojaat qilishlari mumkin. Batafsil ma'lumot uchun telefon: +998 (94) 643-01-00
Mavzuga oid
18:15 / 12.05.2026
Toshkentda ko‘cha bo‘yidagi drenaj ariqchasi beton bilan to‘ldirib tashlandi
18:41 / 11.05.2026
Toshkentda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi 21 ming dollar bilan ushlandi
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
13:59 / 07.05.2026