Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda qo‘lga olingan 25 nafar shaxsdan 3 nafari Qozog‘iston fuqarosi ekanligi aniqlandi
Foto: Jim Bourg / Reuters
Qozog‘istonning 3 nafar fuqarosi AQShda yirik firibgarlikni amalga oshirganlikda ayblanmoqda. Ulardan biri mamlakatni tark etmaslik sharti bilan ozod qilindi, deya xabar bermoqda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oybek Smadiyarov.
“Uch nafar fuqaromiz qo‘lga olingani rost. Ikki nafari hibsga olingan, bir nafari sog‘lig‘i tufayli AQShni tark etmaslik sharti bilan ozod etildi. Nyu-York shtati Janubiy okrugi prokurori bergan bayonotda ularga 20 yildan 30 yilgacha qamoq jazosi tayinlanadi”, - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonning Nyu-Yorkdagi konsulligi qo‘lga olingan fuqarolarni qonuniy himoya qilish bilan shug‘ullanadi. Jami 25 nafar shaxs o‘rtasida sodir etilgan uyushgan jinoyatchilik qimmatbaho avtomobillar savdosi bo‘yichadir.
O‘tgan oy oxirida AQSh adliya vazirligi 25 nafar fuqaro (7 nafari rossiyalik) avtomobil savdosi bo‘yicha yirik jinoyatchilikda ayblanayotganligini e'lon qildi. Aniqlanishicha, firibgarlar mashinalar sotilishi bo‘yicha soxta e'lonlar tayyorlashgan va mijozlardan oldindan pul olib qochishgan. Noqonuniy savdodan jami 4.5 mln AQSh dollari foyda olingan.
Mavzuga oid
09:01
AQSh Rossiyadan bo‘lgan “haker-brokerlar”ga qarshi sanksiyalar joriy qildi
17:16 / 24.02.2026
AQSh sharqiy sohilida rekord darajada qor: 5 mingdan ortiq reyslar bekor qilindi
12:46 / 24.02.2026
Epshteyn bilan do‘stlik to‘lovi: fayllar e’lon qilinishi kimlarga qimmatga tushdi?
10:51 / 24.02.2026