Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya Venesuela bilan chegarani yopdi va bir necha soatdan so‘ng qayta ochdi
Braziliya hukumati noqonuniy muhojirlar oqimi keskin oshgani sababli Venesuela bilan chegarani yopganligini ma'lum qildi. Qaror mamlakatda bu masala bo‘yicha milliy siyosat o‘ylab topilgunga qadar amal qilishi lozim edi.
Braziliyaning markaziy hukumati, jumladan prezident Mishel Temer chegara yopilishiga qat'iyan qarshi chiqdi.
Bir necha soatdan so‘ng Braziliya oliy sudining qaroriga muvofiq Venesuela bilan chegara ochildi. Sud majlisida chegarani yopish qarori muhojirlar huquqlarini buzishi, shu bois bu masalani boshqacha yo‘l bilan hal qilish kerakligi aytildi. Ungacha chegaradan o‘tuvchi venesuelaliklar soni uchun cheklov kiritildi.
Braziliya chegarachilarining ma'lumot berishicha, har kuni venesuelalik 800ga yaqin kishi chegarani kesib o‘tadi. Prezident Maduroga suiqasd uyushtirilganidan so‘ng mamlakatda keskinlik oshib ketdi.
Mavzuga oid
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
10:40 / 14.06.2026
JChda sensatsiyalar kuni. Qatar so‘nggi daqiqalarda gol urdi, Braziliya ochko yo‘qotdi
18:14 / 28.05.2026