Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj: Zangiotada boks bo‘yicha “Hokim kubogi” xalqaro musobaqasi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida boks bo‘yicha 2000-2001 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida “Hokim kubogi” xalqaro musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Zangiota tumanida joylashgan akademik litseyda o‘tkazilgan musobaqada 17 jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
«Yoshlar kelajagimiz» davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan musobaqada Toshkent, Toshkent viloyati, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Andijon, Sirdaryo, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Malayziya, Qozog‘istondan kelgan jami 102 nafar sportchi qatnashdi.
Yakunda o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bokschilarga medallardan tashqari, qimmatbaho sovg‘alar ham topshirildi.
Ushbu musobaqa Argentinaning Buenos-Ayres shahrida bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. O‘zbekistonlik murabbiylar birinchi va ikkinchi tarkiblarni sinovdan o‘tkazib oldi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026