Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotada boks bo‘yicha «Hokim kubogi» xalqaro musobaqasi boshlandi
Toshkent viloyati Zangiota tumanida boks bo‘yicha 2000-2001 yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida “Hokim kubogi” xalqaro musobaqasi boshlandi.
Hokimlikning Kun.uz’ga xabar berishicha, Zangiota tumanida joylashgan akademik litseyda o‘tkazilayotgan musobaqada 17 jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
«Yoshlar kelajagimiz» davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan musobaqada Toshkent, Toshkent viloyati, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Andijon, Sirdaryo, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Malayziya, Qozog‘istondan kelgan jami 102 nafar sportchi qatnashmoqda.
Sportchilardan 77 nafari O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa, 25 nafar bokschi yoshlar xorijdan kelgan.
Mavzuga oid
22:18 / 04.06.2026
Zangiotadagi temiryo‘l kesishmasi o‘rnida yo‘l o‘tkazgich quriladi
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026