13:40 / 07.08.2018
8111

KUN.UZ o‘zbek OAV ichida birinchi bo‘lib Instagram'dagi "tasdiqlangan" belgisini oldi

KUN.UZ saytining Instagram'dagi sahifasi "tasdiqlangan" belgisini oldi. Bu O‘zbekistondagi OAV orasida birinchi bo‘lib KUN.UZ’ga nasib qildi. 

Hozirda saytning Instagram sahifasini 926 mingdan ortiq foydalanuvchi kuzatib bormoqda. Bundan tashqari KUN.UZ saytini Telegram (427 ming), Facebook (216 ming), Odnoklassniki (237 ming), Twitter (20 ming), VKontake (3 ming) hamda YouTube (192 ming) orqali jami 2 mln.dan oshiq foydalanuvchi kuzatib boradi. Sayt ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilari soni borasida O‘zbekistonda yetakchi hisoblanadi. 

KUN.UZ saytini kuzatishda davom eting, biz esa, sizga tezkor, aniq va xolis axborotlarni yetkazishda davom etamiz. 

Mavzuga oid
Top