Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro Kolumbiyaning suiqasdga aloqadorligini isbotlovchi dalillarni taqdim etmoqchi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro "yaqin soatlarda" Kolumbiyaning unga nisbatan amalga oshirilgan suiqasdga aloqadorligini isbotlovchi "ishonchli dalillarni" taqdim etishini bildirdi.
"Yaqin soatlar ichida Kolumbiya oligarxiyasining suiqasdga aloqadorligini isbotlovchi ishonchli dalillarni taqdim etaman", — deyiladi Maduroning Twitter’dagi sahifasida.
Venesuela prezidentining ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan videomurojaatida Maduro dalillar juda qisqa ichida to‘planganini va ular suiqasdga Kolumbiya hukumati, xususan, Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosning aloqadorligini ko‘rsatayotganligini ma'lum qilgan.
Uning aytishicha, suiqasd ijrochilari Kolumbiya shimolidagi Chinakota munitsipalitetida tayyorgarlikdan o‘tishgan. Venesuela prezidenti suiqasdning barcha ijrochilari qo‘lga olingani va hozirda tashkilotchilar qidirilayotganini qo‘shib qo‘ydi.
Mamlakat aloqa vaziri Xorxe Rodrigesning xabar berishicha, davlat rahbariga suiqasd portlovchi modda o‘rnatilgan uchuvchisiz uchadigan qurilmalarda amalga oshirilgan. Maduro milliy bolivar gvardiyasi tashkil etilganligining 81 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan marosimda so‘zga chiqqan paytda qurilmalar harakatga keltirilgan.
Suiqasd natijasida yetti kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
18:05 / 02.06.2026
Linkolndan Trampgacha: suiqasdga uchragan AQSh prezidentlari
22:35 / 25.05.2026
AQSh Adliya vazirligi Oq uy yaqinidagi otishmani Trampga qarshi yangi suiqasd deb atadi
23:19 / 14.05.2026