Jahon | 16:11 / 07.08.2018
4751
2 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu Yevropani Eronga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi

Foto: AP

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQShning Eronga qarshi sanksiyalarini iliq kutib oldi va Yevropa davlatlarini ham shunga bosh qo‘shishga undadi. Bu haqida RIA Novosti manbasi axborot bermoqda. 

Sanktsiyalarning birinchi qismi AQShning yadroviy bitimdan chiqishiga bog‘liq bo‘lib, u 6 avgustdan 7 avgustga o‘tar kechasi tasdiqlandi va o‘sha paytda kuchga kirdi. Eronning energetika sohasiga qaratilgan sanksiyalar va neft bilan bog‘liq bitimlarni o‘z ichiga olgan ikkinchi qismi shu yilning 5 noyabrida joriy etiladi.

“Men AQSh prezidenti Donald Tramp va u boshchiligidagi hukumatning Eron bo‘yicha munosabatlarida sanksiya qo‘llashini ma'qullayman. Bu Isroil, AQSh va butun dunyo uchun eng muhim hisoblanadi. Sanktsiya Eronning yadroviy qurolni qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qiladi. Ushbu tashabbusni amalga oshirishda Yevropa mamlakatlarini birlashishga chaqirmoqchiman. Muhokamalarning vaqti o‘tdi. Amaliy harakatga o‘tish kerak. AQSh o‘z pozitsiyasini namoyish etdi.  Yevropa ham o‘z munosabatini bildirishi kerak”, deya fikrini bildirdi bosh vazir. 

8 may kuni Tramp Eron bilan tuzilgan yadroviy dastur bo‘yicha bitimini bekor qilishini aytdi. U Eronga qarshi barcha sanksiyalar kuchga kirishi xaqida xabar qilgandi. Vashingtonning yevropalik hamkorlari Eron bilan tuzilgan shartnoma shartlarini davom ettirishlarini ma'lum qilishdi. 

Mavzuga oid