Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko jurnalistga ta'tilda ekani haqidagi ma'lumotni rad etish uchun shaxsan qo‘ng‘iroq qilgan
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko TSN telekanali muxbiri Olga Vasilevskayaga shaxsan qo‘ng‘iroq qilib, Ispaniyaning Marbelyasida ta'tilda ekani haqidagi ma'lumotni rad etgan. Bu haqda kanalning saytida xabar berildi.
Qo‘ng‘iroq lavha efirga chiqishidan yarim soat avval amalga oshirilgan.
Xabar qilinishicha, Ukraina prezidentining matbuot xizmati muxbir feysbukdagi o‘z sahifasida efir haqida ma'lumot bergani, shundan so‘ng prezident muallifga shaxsan qo‘ng‘iroq qilganini bildirgan.
«Sizga shuni xabar qilmoqchimanki, hozir Kiyevdagi Bank ko‘chasida joylashgan o‘z ish xonamda o‘tiribman. Men o‘zimning kamtar shaxsim tufayli siz, ayniqsa, eng katta oligarx hisobidan Ispaniyaga borib, u yerda dam olishga muvaffaq bo‘lganingizdan juda xursandman. Faqat bir narsani ayting - bu yil ham, o‘tgan yili ham, kichik tog‘da ham, katta tog‘da ham, Marbelyada ham, Madrid va Santyago-de-Komposteladan tashqari boshqa joyda ham men bo‘lmaganman», - deya ma'lum qilgan Poroshenko telefon orqali.
Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, jurnalist davlat rahbarining Marbelyada villasi borligi va prezident borti Venada sakkiz kun nima qilgani haqida savol bergan. Ukraina prezidenti bunga javob bermagan va telefonni o‘chirgan.
Mavzuga oid
18:44 / 14.06.2026
Ukraina dronlari Rossiyaning kamida 14 regioniga hujum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026