Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvador Assanjning yuristlari bilan uning elchixonani tark etishi bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda
Ekvador hukumati WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning advokatlari bilan uning Londondagi elchixonani tark etishi bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda Janubiy Amerika davlati prezidenti Lenin Moreno NTN24 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Biz Assanjning hayotini saqlash va xalqaro me'yorlarga amal qilinishini ta'minlaydigan kelishuvga erishish uchun uning yuridik vakillari bilan bog‘landik. Agar shunday kelishuvga erisha olsak, janob Assanjdan elchixonamizni tark etishi va tegishli sud oldida javob berishini so‘rashdan mamnun bo‘lardik", - dedi Moreno.
27 iyul kuni Britaniya hukumati vakili London va Kito Assanjning keyingi taqdiri borasida muzokara olib borayotganini ma'lum qildi. Moreno o‘sha kuni Assanj oxir-oqibat Ekvadorning Londondagi elchixonasini tark etishi kerakligini bildirdi. U Kito Londondan WikiLeaks asoschisining hayoti xavf ostida bo‘lmasligiga kafolat olishini aytdi.
Assanj 2012 yilda Shvetsiya hukumatining hibsga olish haqidagi orderidan so‘ng Ekvadorning Londondagi elchixonasidan boshpana so‘ragandi. Assanj Shvetsiya uni AQShga deportatsiya qilishi mumkinligini, u yerda esa davlat departamentining maxfiy hujjatlarini oshkor qilganligi uchun uni 35 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki o‘lim jazosi kutib turganligini ro‘kach qilgandi.
Mavzuga oid
21:29 / 01.10.2024
Julian Assanj: «Men jurnalistikada o‘zimni aybdor deb tan olishga majbur bo‘ldim»
00:06 / 26.09.2024
Julian Assanj ozod etilganidan beri ilk bor omma oldida chiqish qiladi
08:52 / 25.06.2024
WikiLeaks asoschisi Assanj Britaniya qamoqxonasidan ozod etildi
08:15 / 10.06.2023