Jahon | 20:16 / 08.08.2018
16703
3 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni nashri Kanadaga nisbatan terror tahdidi sifatida talqin qilinuvchi suratni e'lon qildi

«Saudiya Arabistoni infografikada» nashrining Tvitter-akkauntida Kanadaga nisbatan terrorchilik tahdidi sifatida talqin qilinuvchi surat bir oz muddatga paydo bo‘ldi. Suratda mamlakat poytaxti Torontoning ramzi bo‘lgan «Si-En» minorasi tomon uchayotgan Air Canada samolyoti tasvirlangandi.

Shuningdek, surat ostidagi izohda: «o‘ziga tegishli bo‘lmagan narsalarga aralashganlar ularni xursand qilmaydigan narsaga duch kelishlari mumkin» degan yozuv bor edi. Tez orada bu surat samolyotsiz surat bilan almashtirildi, @infographic_ksa akkaunti esa Tvitter va Instagramdan yo‘qolib qoldi.

Amerika OAVlari «Saudiya Arabistoni infografikada» nashri davlat bilan bog‘liq degan taxminda. Ammo loyiha mualliflari uning «ko‘ngilli» va «notijorat» tashkilot ekanligini bildirishgan.

Kanada tashqi ishlar vaziri Xristya Friland huquq himoyachisi Samar Badaviy (bloger Raif Badaviyning singlisi)ning Saudiya Arabistonida hibsga olinganiga oid xabardan "juda xavotirda" ekanini ma'lum qilib, ikkisini ham ozod qilishga chaqirganidan so‘ng ikki mamlakat orasidagi munosabatlar sovuqlashdi.

Kanadalik diplomatlarning bayonotlaridan keyin Saudiya Arabistoni TIV Ottavadagi elchisini ortga qaytardi, shu bilan birga, Kanadaning Ar-Riyoddagi elchisiga mamlakatni tark etish uchun 24 soat vaqt berib, uni non-grant personasi deya e'lon qildi.

Bundan tashqari, Saudiya Kanada bilan hamkorlikdagi barcha ta'lim dasturlarini to‘xtatish va Kanada universitetlarida tahsil olayotgan saudiyaliklarni boshqa mamlakatlarga ko‘chirishi haqida ma'lum qildi. Shuningdek Saudiya Arabistoni barcha yangi savdo va sarmoyaviy aloqalarni muzlatishini bildirgan. 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid