Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Harbiy harakatlar oqibatida Suriyaga yetkazilgan zarar hisoblab chiqildi
Yetti yil davomida olib borilgan harbiy harakatlar oqibatida Suriya iqtisodiyoti qariyb 400 milliard dollar zarar ko‘rdi, deb xulosa qildi BMTning G‘arbiy Osiyo bo‘yicha komissiyasi.
"Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, iqtisodiyot sektori 388 milliard dollardan ortiqroq zarar ko‘rgan", — deyiladi komissiya hisobotida.
Qayd etilishicha, bu ma'lumotlar insonlar yo‘qotishlari va mamlakatdan malakali ishchi kuchining chiqib ketishi kabi omillarni o‘z ichiga olmaydi.
Suriyada harbiy nizo 2011 yil martdan beri davom etmoqda. Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasi Ostona va Jyenevadagi muzokaralarda muhokama qilinmoqda.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026