Fan-texnika | 12:32 / 09.08.2018
4482
4 daqiqa o‘qiladi

Odnoklassniki biznes uchun o‘rgatuvchi portalni ishga tushirmoqda

Foto: Odnoklassniki

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i o‘zining  «OK biznes uchun» o‘rgatuvchi portalini ishga tushirdi. Portalda hamma OKda o‘z biznesini reklama qilish bilan shug‘ullanadiganlar ijtimoiy tarmoqda mavjud bo‘lgan barcha reklama va biznes-instrumentlar yordamida reklama kampaniyasini qanday qilib sozlash, internet-magazin yaratish, SMM bo‘yicha bepul o‘rganishni amalga oshirishlari mumkin.

«OK biznes uchun» portali ham  OK da o‘z mahsulotlari va xizmatlarini endigina reklama qilishni rejalashtirayotgan kompaniyalar va tadbirkorlarga, ham  yangi instrumentlar va ijtimoiy tarmoqning reklama imkoniyatlarini testdan o‘tkazishni istayotgan tajribali reklama beruvchilarga foydali bo‘ladi.

 «Reklama» blokida OKning barcha mavjud reklama formatlari,  reklama beruvchilar tomonidan ularning foydalanish misollari va ijtimoiy tarmoqda reklama qilish bo‘yicha samarali kampaniyani tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnomalar yaqqol taqdim etilgan.

 «Instrumentlar» bo‘limida OKda biznes guruhini rivojlantirish uchun turli imkoniyatlar: mahsulotlarni reklama qilish bilan o‘z sahifangizda internet-magazinni yaratishdan boshlab, tahlil materiallaridan foydalanishgacha, shuningdek foydalanuvchilarning motivatsiyasiga yanada kengroq nazar tashlash imkonini beruvchi jo‘natmalar, testlar, so‘rovnomalar bilan obunachilarni jalb qilish uchun ilovalar yig‘ilgan.

Mail.Ru Group reklama platformasining bosh sahifasi  – MyTargetni ochadigan «Kampaniyani boshlash» tugmachasi yordamida OKning reklama imkoniyatlaridan foydalanib qolish mumkin.

«OK biznes uchun»da shuningdek OKda reklama kampaniyalarini o‘tkazgan kompaniyalarning muvaffaqiyatli keyslari va muvaffaqiyat tarixlari to‘plangan. Bo‘lim muntazam ravishda brendlarning yangi muvaffaqiyatli kampaniyalari bilan to‘ldirib boriladi. «Yordam» bo‘limida OKda reklama va biznes-instrumentlarni sozlash bilan bog‘liq savollar, shuningdek ijtimoiy tarmoqning auditoriyasi, ularning faolligi va foydalanuvchilik qiziqishlari to‘g‘risida ko‘pincha beriladigan savollarga javob topish mumkin.

Portalda shuningdek OK va IKRA maktabi bilan birgalikda ishlab chiqilgan SMM-mutaxassislar uchun bepul onlayn-kurs mavjuddir.  Kurs  bir necha bosqichlardan iborat bo‘lib, SMM-strategiya, Odnoklassniklarda uyushmani yaratish, uni reklama qilish va ijtimoiy tarmoqda reklamani sozlash ishlari bo‘yicha 21 ta videodars to‘plamini o‘z ichiga oladi.

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i strategik mahsulotlarini rivojlantirish bo‘yicha direktor Semen Boyarskiy: Odnoklassniki nafaqat yirik reklama beruvchilar, balki kichik va o‘rta biznes bilan ham faol ishlab kelmoqda. «OK biznes uchun» portali yordamida biz hamkorlarimizga shuni gapirib bermoqchimizki, agar ularni reklama qilish bo‘yicha to‘g‘ri sozlab qo‘ysak, u holda har qanday mahsulot va xizmat uchun Odnoklassniklarning reklama imkoniyatlari samarali bo‘ladi. Bundan tashqari, bizning portal — bu axborot resursi va tajriba almashish bo‘yicha maydoncha, bu yerda bozorning muhim o‘yinchilari bilan intervyu shaklida biz muvaffaqiyatli kampaniyalar misolida ish berayotgan reklamaning g‘oyalari to‘g‘risida gapirib beramiz.  

Mavzuga oid