Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WhatsApp’da kamchilik topildi. U boshqalarning xabarlarini o‘zgartirishga imkon beradi
WhatsApp ommabop messenjerida firibgarlar xabarlarni tutib olishi va ularni o‘z xohishiga ko‘ra tahrir qilishi mumkin bo‘lgan kamchilik aniqlandi. Bu haqda Check Point’ning matbuot uchun xabarnomasida aytilgan.
Jinoyatchilar guruh yoki maxfiy chatdagi «iqtibos»ni o‘zgartirishlari mumkin - bu funksiya asl xabardan nusxa olish va unga o‘z javobini qo‘shish imkonini beradi. Jinoyatchilar xabarni tutib olib va tahrir qilib, go‘yoki chat ishtirokchisi matn yuborgandek tasavvur uyg‘otishadi, aslida esa u umuman bo‘lmagan. Shu tariqa, xakerlar suhbatdoshlarini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Hozirgi vaqtda WhatsApp’ning auditoriyasi butun dunyo bo‘ylab 1,5 mlrd.dan ko‘proq foydalanuvchini tashkil etadi.
Mavzuga oid
08:37 / 04.06.2026
Max messendjyeri App Storeʼdan olib tashlandi
15:22 / 26.01.2026
AQShda Meta’ga WhatsApp maxfiyligi bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atildi
15:11 / 16.01.2026
Duma deputati: WhatsApp Rossiyada 2026 yilda to‘liq bloklanishi mumkin
08:58 / 30.12.2025