Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda toliblar bilan to‘qnashuvda 16 kishi halok bo‘ldi
Foto: Zakeria Hashimi/AFP/Getty Images
Afg‘onistonning G‘azni shahrida hukumat qo‘shinlari va “Tolibon” harakati jangarilari o‘rtasidagi to‘qnashuv natijasida xavfsizlik kuchlarining kamida 14 nafar xodimi va ikki nafar tinch aholi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Pajvak agentligi.
Avvalroq TOLO News telekanali o‘z manbasiga tayanib, toliblar G‘azni shahriga hujum boshlashganini xabar qilgandi. Toliblarning bayonotida aytilishicha, ularning otryadlari bir necha yo‘nalishda shaharga kirishga harakat qilmoqda. Hukumat kuchlari va jangarilar o‘rtasidagi ayovsiz to‘qnashuvlar sababli Qobul-G‘azni avtomagistrali yopilgan.
Pajvak agentligining xabar berishicha, to‘qnashuvlar oqibatida 25 nafar harbiy va 15 nafar tinch aholi yaralangan.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari va “Tolibon” jangarilari o‘rtasidagi qarama-qarshilik davom etmoqda. Shuningdek, mamlakatda “Islom davlati” terrorchi guruhining ta'siri kuchaygan.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026