AQShda Rossiya "saylov tizimiga kirganini" aytgan senatordan izoh kutishmoqda
Florida shtati hukumati rossiyalik xakerlar shtatning saylov tizimiga kirishga muvaffaq bo‘lishgani haqida gapirgan senator-demokrat Bill Nelsondan izoh talab qilmoqda.
Avvalroq Nelson Tampa Bay Times nashriga bergan intervyusida noyabrda bo‘lib o‘tadigan kongressga oraliq saylovlar oldidan rossiyaliklar Floridaning qator okruglaridagi ma'lumotlar bazasiga kirishganini aytgandi.
Florida shtati kotibi Ken Detzner senatning razvedka bo‘yicha qo‘mitasi raisiga Nelson bu bayonotni "uning so‘zlarini tasdiqlaydigan biror-bir dalilsiz" bergani haqida maktub yo‘lladi.
"Bu hech qanday dalil-isbotlarsiz yoki Florida shtatining davlat va mahalliy hukumat organlariga xabar bermasdan qilingan juda jiddiy ayblovdir", — deyiladi maktubda.
Shtat kotibining bunday keskin fikr bildirishiga uning saylovlar uchun eng asosiy mas'ul shaxs ekanligi sabab bo‘ldi. Senatorning rossiyaliklar saylov tizimini buza olishgani haqidagi bayonoti yuqori darajada yangragan birinchi mana shunday ta'kid bo‘ldi.
Bunga qadar AQSh qonunchilik va ijroiya hokimiyati "Rossiya kongressga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarga aralashishni maqsad qilgani" haqida fikr bildirgandi.
Mavzuga oid
13:15 / 27.01.2024
“Yo‘qotadigan narsamiz yo‘q edi” - Rossiyalik ikki qochoq oddiy qayiqda AQShgacha qanday yetib borgandi?
00:21 / 07.10.2019
AQShning BMTdagi missiyasi sobiq rahbari: «Rossiya hech qachon bizga do‘st bo‘lmaydi»
10:33 / 30.12.2016
Ketayotgan Obamadan “syurpriz”: Rossiyaga qarshi sanksiyalar va diplomatlarning chiqarib yuborilishi
11:51 / 18.10.2016