AQŞ heç qaçon Rossiyaga işona olmaydi, deb fikr bildirdi Qöşma Ştatlarning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Heyli.
«Rossiya heç qaçon bizning döstimiz bölmaydi. Biz heç qanaqa vaziyatda Rossiyaga işona olmaymiz», – dedi Heyli juma kuni Nyu-Yorkda ötgan xususiy kompaniya tadbirida. Bu haqda Newsday xabar bermoqda.
Uşbu diplomat ikki yil davomida AQŞning BMTdagi missiyasini boşqarib, 2018 yil oxirida lavozimini tark etgan edi. U 2016 yilgi AQŞ prezidenti saylovlarida Rossiyaning aralaşganiga işonişini ta'kidlamoqda.
«Ha, ular bizning saylovlarga aralaşişdi. Buni bilamiz, şu bilan birga, boşqa davlatlar ham şunday qilayotganini körib turibmiz», – deydi u.
Heyli, şuningdek, Kremlni jahonning turli nuqtalarida tartibsizlik keltirib çiqarişda ham aybladi.
«Ular boşqa davlatlarda tartibsizlik va ayirmaçilikni yuzaga keltirib, bu orqali qudratga erişişadi», deb fikr bildirdi amerikalik siyosatçi.
Eslatib ötamiz, 2016 yilgi saylovlarga Rossiyaning ehtimoliy aralaşuvi böyiça tergov olib borgan maxsus prokuror Robert Myuller joriy yil aprelida tekşiruvni yakunlab, xulosa bergan edi. Uning xulosasida birorta ham amerikalik Rossiya bilan fitnaga bormagani qayd etilgan, şu bilan birga, Moskva baribir saylovoldi jarayonlariga «aralaşgani» ta'kidlangan edi.









