Hukumatning suvni muhofaza qilish zonalari bo‘yicha qarori loyihasi e'lon qilindi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Suv xo‘jaligi obektlarining suvni muhofaza qilish zonalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Rekreatsiya, dam olish zonalari va turistik obektlarni barpo etish hamda baliq yetishtirish uchun hovuzlar qurish orqali suv xo‘jaligi obektlarining suvni muhofaza qilish zonalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
Rekreatsiya, dam olish zonalari va turistik obektlarni barpo etish hamda baliq yetishtirish uchun hovuzlar qurish orqali suv xo‘jaligi obektlarining suvni muhofaza qilish zonalaridan samarali foydalanish bo‘yicha suv xo‘jaligi obektlari ro‘yxati tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi ikki oy muddatda suv xo‘jaligi obektlarining suvni muhofaza qilish zonalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish maqsadida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, tegishli tashkilotlardan ro‘yxatdan o‘tkazilishini va o‘zlarining qo‘shma buyrug‘i bilan tasdiqlanishini ta'minlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi Suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bosqichma-bosqich mazkur qaror bilan tasdiqlangan ilovaga muvofiq suv xo‘jaligi obektlarining suvni muhofaza qilish zonalaridan samarali foydalanish maqsadida davlat xususiy sherikchilik asosida xorijiy va respublikadagi talabgorlarni aniqlasinlar va belgilangan tartibda yer maydonlarini ajratib berilishini hal qiladilar.
Mavzuga oid
13:56 / 14.10.2024
Ozarboyjonda suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha milliy strategiya qabul qilindi
16:43 / 06.07.2024
Suv o‘lchaydigan ibtidoiy “innovatsiya” – “O‘zsuvta’minot” Navoiyda suvni isrof qilmoqda
09:50 / 16.12.2023
Suv dunyosini «o‘ldirayotgan» osiyoliklar - okeanlarga xavfli plastik chiqindilarni kim ko‘p oqizmoqda?
20:02 / 13.05.2023