O‘zbekiston | 09:53 / 11.08.2018
6972
3 daqiqa o‘qiladi

Namanganda “Mug‘tepa” arxeologiya yodgorlik majmuasi barpo etiladi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Mug‘tepa” arxeologiya yodgorlik majmuasini barpo etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Namangan viloyati hokimligining “Mug‘tepa” arxeologiya yodgorlik majmuasini Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin. 

Quyidagilar majmuaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilanadi:

yodgorlikni lozim darajada muhofaza qilish, konservatsiyalash va but saqlanishini ta'minlash, ochiq varaq va ruxsatnoma olgan arxeologlar tomonidan yodgorlikda arxeologiya qidiruvlari, arxeologiya qazishmalari va arxeologiya nazoratini tashkil etish, chuqur ilmiy arxeologiya tadqiqot natijalari asosida yodgorlikning ilmiy-tarixiy konsepsiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

yodgorlikka oid respublikamiz va xorijda saqlanayotgan manbalarni malakali mutaxassis va ekspertlar, olimlarni jalb etgan holda atroflicha tadqiq etish, ular haqidagi batafsil ma'lumotlar bazasini yaratish va muntazam yangilab borish, doimiy arxeologik izlanishlarni olib borishni ta'minlash, xalqaro ilmiy anjumanlar tashkil etish, matbaa mahsulotlarini tayyorlash, ommaviy axborot vositalari, Internet tarmog‘i orqali keng targ‘ib etish;

tarixiy-ilmiy asoslar bo‘yicha yodgorlikning maketlarini tayyorlash, arxeologiya ashyolari, qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, osori-atiqalar, zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, kitob va to‘plamlar, video va foto hujjatlar kabi boshqa manbalar hisobidan muzeylashtirilgan ekspozitsiya-ko‘rgazma yaratish, yuqori texnologiyalarga asoslangan axborot-resurs markazini faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish;

turistlar, ilmiy tadqiqotchilar va tashrif buyuruvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish, tarixiy ko‘rinishni saqlagan holda yodgorlikning muhofaza hududidan tashqarisida zamonaviy kompleks dam olish maskanlarini tashkil etish va obektning turistik salohiyatini oshirish yuzasidan boshqa zarur chora-tadbirlarni ko‘rish.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid