O‘zbekiston | 09:16 / 11.08.2018
5988
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekenergo» mingdan ortiq yoshlarni ish bilan ta'minladi

Foto: O‘zbekenergo

“O‘zbekenergo” AJ boshqaruv raisining tashabbusi bilan respublika miqyosida “O‘zbekenergo” AJ yoshlarni ishga taklif etadi” vakant ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazilgan edi.

Unda jamiyat tarkibiga kiruvchi korxonalardagi mavjud ish o‘rinlarini malakali yoshlar bilan to‘ldirish hamda ularni mutaxassisligiga mos yo‘naltirish maqsadida bo‘sh ish o‘rinlariga oliy o‘quv yurtini tugatayotgan hamda o‘rta-maxsus mutaxassislikka ega bo‘lgan yoshlarni ishga qabul qilish nazarda tutilgandi.

Jamiyat axborot xizmatining ma'lum qilishicha, korxonalar tomonidan e'lon qilingan mingdan ortiq ish o‘rinlariga bitta joyga 2-3ta nomzod to‘g‘ri kelgan hamda mavjud ish o‘rinlarining barchasiga yoshlar ishga qabul qilingan.   

Qayd etilishicha, hozirgi kunda “O‘zbekenergo” AJ boshqaruvi tomonidan yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda ularga yoshlarni jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid