Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada aholi kam yashaydigan hududlarga jo‘natmalarni dronlar yordamida yetkazib berish boshlanadi
Yaponiya transport vazirligi avgust oyi ichida aholi kam yashaydigan hududlarga jo‘natmalarni uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida yetkazishga ruxsat berishi mumkin, deb yozadi "Asaxi" gazetasi.
Gazeta manbasining xabar berishicha, xavfsizlikni ta'minlash maqsadida jo‘natmalar hozircha kam sonli aholi yashaydigan uzoq orol va tog‘li maskanlarga yetkazib beriladi. Bundan tashqari, jo‘natma egalari jo‘natmani kelib olib ketishlari uchun kompaniyalar dronlar qo‘nadigan maxsus joylar tashkil etishlari kerak bo‘ladi.
Vazirlik shuningdek, yetkazib berish xizmatini ko‘rsatuvchi kompaniyalarga dronlarni maxsus ob-havo sensorlari hamda parvoz va rejadan tashqari qo‘nishlarni kuzatish imkoniyatini beruvchi kameralar bilan jihozlash majburiyatini yuklashni rejalashtirmoqda.
Gazeta kelajakda bunday turdagi yetkazib berish xizmatidan tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etishda ham foydalanishi mumkinligini istisno etmayapti.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
20:36 / 06.06.2026