Ko‘p ovqat yeyilsa, oshqozon yorilib ketishi mumkinmi?
O‘rta statistik katta odamning oshqozoni hajmi 0,5 litrga yaqin, ovqat iste'mol qilinganidan keyin bir yarim litrgacha kengayadi. Biroq bu ham oxirgi chegara emas – tabiat ko‘p yeyishni xush ko‘radiganlar haqida g‘amxo‘rlik qilib, oshqozonni elastik devorlar bilan siyladi. Ular cho‘zilganida 5 litr hajmgacha kengayishi mumkin! Xo‘sh, ko‘p ovqat yeb yuborilganida nima bo‘ladi? Oshqozon oxir-oqibat yorilib ketishi mumkinmi?
Albatta, shunday bo‘lishi mumkin. Oshqozon devorlari bosimga chiday olmay, yirtilishi mumkin. Biroq bunga erishish juda mushkul: odamda yaxshi himoya mexanizmi – qayt qilish refleksi bor. Ko‘pchilik oshqozon chiday olmay, yorilish holati darajasida ovqat iste'mol qila olmaydi.
Yegulik ortga qarab ketadi. Shuning uchun oshqozon yorilishi xavfi biror jismoniy yoki ruhiy o‘zgarishlar sabab, qayt qilish refleksi mavjud bo‘lmagan odamlar uchun ehtimoldagi holat bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatlar kamdan-kam bo‘lsa-da, lekin uchrab turadi. Ayniqsa maksimal yegulikni tezda yeyish bo‘yicha tanlovlar qatnashchilari juda qaltis ish tutadilar. Odatda tez-tez mashq qilganlari sabab o‘z qayt qilish reflekslarini eng past darajaga so‘ndirgan bo‘lishadi.
Mavzuga oid
17:37 / 19.08.2024
Sirdaryoda bog‘cha tarbiyalanuvchisi tomog‘iga ovqat tiqilib qolishi oqibatida vafot etdi
07:19 / 07.06.2024
O‘zbekistonda ovqatdan zaharlanish holatlarida jabrlanganlar soni ma’lum qilindi
14:14 / 27.05.2024
Oshqozon-ichak mikroflorasi odamning qaror qabul qilishiga ta’sir qilishi mumkin – tadqiqot
13:31 / 14.05.2024