AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi rahbariyati iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida oziq-ovqat xavfsizligi va yoz mavsumiga tayyorgarlik haqida ma’lumot berildi.

JSST ma’lumotlariga köra, dunyoda har yili xavfli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qiliş natijasida 600 millionga yaqin inson jabrlanadi.

420 ming kişi mikroorganizmlar yoki kimyoviy moddalar bilan ifloslangan oziq-ovqatlarni iste’mol qiliş natijasida vafot etadi. Açinarlisi, ularning 125 ming nafarini 5 yoşgaça bölgan bolalar taşkil etadi.

Ovqatdan zaharlaniş holatlarini tahlil qilganda aksariyat qismi uy şaroitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qiliş oqibatida kasallanganlarga, keyingi örinda esa kimyoviy moddalardan zaharlanganlar va yovvoyi qöziqorin iste’mol etiş natijasida zaharlanganlarga hamda ovqat toksikoinfeksiyasi qayd etilganlarga töğri keladi.

Oziq-ovqat xavfsizligi işlab çiqarişdan tortib, yiğib oliş, qayta işlaş, saqlaş, tarqatiş, tayyorlaş hamda iste’mol qilişgaça bölgan barça bosqiçlarda muhim rol öynaydi. Işlab çiqariş zanjirining barça bosqiçida oziq-ovqat mahsulotlarining ifloslanişi yoki zararlanişi xavfi mavjud bölib, ularning xavfsizligi uçun har bir iştirokçi – tadbirkor javobgar.