Kun.uz'da Samarqand viloyati Bulunğur tumanidagi 11-boğçada bolalar 2 kun göşsiz taomlanganiga oid xabar e’lon qilingandi. Holat yuzasidan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining viloyat boşqarmasi rasmiy izoh berdi.

Unga köra, örganişlar davomida boğçaga aprel oyidan mol göşti yetkazib berib kelgan ta’minotçi “Tabassum Iqbol ta’minot” MÇJ 1 may sanasidan hamkorlikni töxtatgan.

Qayd etilişiça, 1 may kuni kuni boğçada mavjud bölgan (qoldiq göştlar) 3,2 kg mol va 12 kg tovuq göştidan taomlarda foydalanilgan va şu kuni boğçaga kelgan 193 nafar bolaga berilgan.

“Göşt mahsuloti ta’minotçi korxona tomonidan yetkazib berilmayotganligi töğrisida 11-son DMTT direktori, hamşirasi, ombor mudiri tomonidan tuman maktabgaça va maktab ta’limi bölimiga yozma bildirgi berilmaganligi uçun joriy yilning 2- va 5 may kunlari 193 nafar tarbiyalanuvçilarning 1- va 2-taomlarga göşt mahsuloti solinmasdan tayyorlangan. Mazkur holat yuzasidan muassasa mas’ullariga intizomiy çoralar köriş belgilandi”, – deyiladi munosabatda.

Qöşimça qilinişiça, holat aniqlangandan keyin 5 may kuni “Nurli yöl Laylo market” xususiy korxonasi tomonidan boğçaga keç soat 19:00 da göşt mahsuloti yetkazib berilgan. 6 may kuni bolalarga göştli taomlar tayyorlangan.