Prezident soğliqni saqlaşdagi holatni aniq misollar bilan tahlil qilar ekan, hududlar kesimidagi tafovutlar saqlanib qolayotgani, profilaktika va birlamçi böğin işlarida sustkaşlik borligini ta’kidladi.
Rasmiy ma’lumotga köra, sönggi beş yilda oşqozon kasalliklari umumiy miqyosda 1,5 barobar kamaygan. Biroq Qaşqadaryo va Navoiy viloyatlarida körsatkiçlar deyarli özgarmagan. Xususan, Yakkaboğ tumanida şifokorlarga murojaatlarning 33 foizi, Ğuzorda 29 foizi, Koson va Mirişkorda esa 25 foizi oşqozon-içak kasalliklari bilan boğliq.
Şuningdek, aholi, ayniqsa bolalarda antibiotiklardan pala-partiş foydalaniş holatlari davom etayotgani tanqid qilindi. “Tumanlarga tuşib, şifoxona va poliklinikadagi vraçlar bilan işlaş, qaysi dori mumkin, qaysi biri mumkin emasligini aniq örgatiş sust”, deya mutasaddilarga keskin e’tiroz bildirildi.
Yana bir muammo — buyrak kasalliklarining hududlar böyiça yuqori uluşi. Qoraqalpoğiston, Xorazm, Farğona va Andijonda bu körsatkiç respublika örtaça darajasidan 40–50 foizga baland ekani qayd etildi. Mazkur hududlarda körsatkiçlar yillar davomida kamaymayotgani Urologiya markazi va Nefrologiya markazi rahbariyatidan pastga tuşib, profilaktik işlarni kuçaytirişni talab qiladi.
Mutasaddilarga birlamçi böğinni mustahkamlaş, dorilardan oqilona foydalaniş böyiça şifokorlar malakasini oşiriş, hamda oşqozon-içak va buyrak kasalliklari profilaktikasini joylarda tizimli taşkil etiş yuzasidan topşiriqlar berildi.













