Mirzaobod tumanida 2 yoşli boğça tarbiyalanuvçisi ovqat tiqilib qolişi ortidan vafot etdi. Bu haqda Kun.uz’ga Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 2022 yilda tuğilgan I.S. (öğil bola) boğçada tösatdan vafot etgan. Holat joriy yilning 7 avgust kuni soat 11:10 larda tumanning Yöldoşobod mahallasidagi oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotida sodir bölgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga köra, bolaning ölimiga nafas yöllari ovqat massasi bilan berkilişidan kelib çiqqan mexanik asfiksiya sabab bölgan.

Hozirda holat yuzasidan Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda.