«Aurum 898» tungi klubining ikki qo‘riqchisi militsiya talabiga bo‘ysunmagani uchun 15 sutkaga qamaldi
11 avgust kuni ma'muriy ishlar bo‘yicha Yunusobod tuman sudi «Aurum 898» tungi klubining ikki nafar qo‘riqchisiga nisbatan ishni ko‘rib chiqdi.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, 1988 yilda tug‘ilgan V.S. va I.F. O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 194- (Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 195-moddalarida (Militsiya xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish) ko‘zda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Ularning har ikkisiga 15 sutkalik ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, 9 avgustga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida joylashgan «Aurum 898» tungi klubida erkin kurash bo‘yicha professional sportchi Jamshid Kenjayev va klub qo‘riqchilari o‘rtasida janjal kelib chiqqandi.
Kenjayev olingan og‘ir jarohatlar oqibatida shifoxonada jon bergan. Ikki qo‘riqchi - Sh.I va M.A shifoxonaga yotqizilgan.
Janjalda ishtirok etgan qo‘riqchilarning 4 nafari - Sh.Q, J.Yo, S.K, A.X qo‘lga olingan.
Prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilgan, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ish yuzasidan tergov harakatlari shahar prokuraturasining O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.
Ayni vaqtda Yunusoboddagi tungi klub vaqtinchalikka yopib qo‘yilgan.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

20:42 / 17.04.2025
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi

20:29 / 08.04.2025
Dominikan poytaxtidagi tungi klub tomi konsert vaqti qulab tushdi. Kamida 27 kishi halok bo‘ldi

17:54 / 17.03.2025
Shimoliy Makedoniyada tungi klubda yuz bergan yong‘in ishi bo‘yicha 20 ga yaqin odam hibsga olindi

13:07 / 09.07.2024