Toşkent şahridagi «Aurum 898» tungi klubi qöriqçilari tomonidan ayovsiz kaltaklangan va piçoqlangani natijasida vafot etgan erkin kuraşçi Jamşid Kenjayev ölimida ayblanib yana 3 nafar qöriqçi qölga olindi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş prokuratura xabarnomasida keltirilgan.

«08.08.2018 yil soat 23:45 larda Yunusobod tumani, A.Qodiriy köçasi, 1-a-uyda joylaşgan «Aurum» tungi klubi kiriş eşigi oldida J.Kenjayev «Aurum» tungi klubi qöriqçilari Ş.Ilyasov va A.Mirzayev bilan özaro janjallaşib, yonida bölgan oşxona piçoği bilan Ş.Ilyasovga va A.Mirzayevga sançib kesilgan tan jarohatlari yetkazgan.

Janjal davomida voqea joyida bölgan «Aurum» tungi klubida qöriqlovçi yordamçi Ş.Qiliçov fuqaro J.Kenjayevning qölidan oşxona piçoğini tortib olib, unga sançib kesilgan tan jarohatlari yetkazgan.

J.Kenjayevga qöriqçilar J.Yorqulov, S.Komoliddinov, A.Xamrayev va klub yonidagi boşqa bir neça şaxs ham qöllari, oyoqlari va yoğoç dastalari (bitalar) bilan urib, tan jarohatlari yetkazişgan.

J.Kenjayev «kökrak qafasi öng tomon qöltiq osti sohasi 4-qovurğasi, qorin oldi yon devori, ikkala dumbasi, boş tepa sohasiga sançilib kesilgan jarohatlari, taşqi qon ketişi, gemorragik şok 3-daraja» taşxisi bilan tumandagi 7-sonli şifoxonaga yotqizilib, körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.

Holat yuzasidan 09.08.2018 yilda Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Ş.Qiliçovga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Hozirda jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari Toşkent şahar prokuraturasi Öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan olib borilmoqda.

Tergov davomida Ş.Qiliçov JKning 25,97-moddasi 1-qismi, S.Komoliddinov, J.Yorqulov va A.Xamrayev JKning 277-moddasi 2-qismi «v» bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda  gumon qilinib, JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan. Ularga nisbatan jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudi tomonidan qamoq ehtiyot çorasi qöllanildi», deyiladi xabarnomada.

Bundan avval tungi klubdagi voqea yuzasidan 9 avgust kuni Toşkent şahar prokuraturasi Ş.Qiliçevga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatib, u Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangani haqida ma'lum qilgandi.